Bugun 1-sinfga mikrohudud doirasida o‘quvchilarni qabul qilish jarayonlari boshlanadi

Bugun 1-sinfga mikrohudud doirasida o‘quvchilarni qabul qilish jarayonlari boshlanadi

2026-2027-o‘quv yili uchun 1-sinfga onlayn qabul jarayonlari 20-iyun kuni boshlanishi haqida xabar bergan edik.

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Bugun soat 10:00 dan elektron arizalarni Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining my.maktab.uz elektron platformasi yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali — my.gov.uz orqali yuborish mumkin.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Agar sizda elektron qabul jarayonlari yuzasidan savollar bo‘lsa, call-markazning 71-203-07-04, 71-203-04-03 raqamlari yoki telegramdagi @mymaktabuz_bot boti orqali javob olishingiz mumkin.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 20-iyunidan 31-iyuligacha mikrohudud doirasida qabul jarayonlari bo‘lib o‘tadi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Ikkinchi bosqichda esa 1-avgustdan keyin mikrohududdan tashqaridagi qabul maktablarning bo‘sh o‘rinlari va imkoniyatlaridan kelib chiqib amalga oshiriladi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

2026–2027-o‘quv yili uchun 1-sinfga qabul jarayonlari respublika bo‘ylab 5 690 ta maktabda onlayn shaklda tashkil etiladi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Mazkur maktablar ro‘yxati bu yerda tanishishingiz mumkin.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Bu esa mamlakatdagi barcha maktablarning qariyb 60 foizini tashkil etadi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Toshkent shahri va Buxoro viloyatidagi maktablarda esa qabul jarayonlari to‘liq, ya’ni 100 foiz onlayn shaklda o‘tkaziladi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Qo‘shimcha ma’lumotlar bu yerda⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠