2026-2027-o‘quv yili uchun 1-sinfga onlayn qabul jarayonlari 20-iyun kuni boshlanishi haqida xabar bergan edik.
Bugun soat 10:00 dan elektron arizalarni Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining my.maktab.uz elektron platformasi yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali — my.gov.uz orqali yuborish mumkin.
Agar sizda elektron qabul jarayonlari yuzasidan savollar bo‘lsa, call-markazning 71-203-07-04, 71-203-04-03 raqamlari yoki telegramdagi @mymaktabuz_bot boti orqali javob olishingiz mumkin.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 20-iyunidan 31-iyuligacha mikrohudud doirasida qabul jarayonlari bo‘lib o‘tadi.
Ikkinchi bosqichda esa 1-avgustdan keyin mikrohududdan tashqaridagi qabul maktablarning bo‘sh o‘rinlari va imkoniyatlaridan kelib chiqib amalga oshiriladi.
2026–2027-o‘quv yili uchun 1-sinfga qabul jarayonlari respublika bo‘ylab 5 690 ta maktabda onlayn shaklda tashkil etiladi. Mazkur maktablar ro‘yxati bu yerda tanishishingiz mumkin. Bu esa mamlakatdagi barcha maktablarning qariyb 60 foizini tashkil etadi. Toshkent shahri va Buxoro viloyatidagi maktablarda esa qabul jarayonlari to‘liq, ya’ni 100 foiz onlayn shaklda o‘tkaziladi.
Qo‘shimcha ma’lumotlar bu yerda
