2026–2027-o‘quv yili uchun umumta’lim maktablarining 1-sinfiga qabul jarayonlari 20-iyun sanasidan boshlanadi. Joriy yilda respublika bo‘yicha 795 mingdan ortiq bolani 1-sinfga qabul qilish rejalashtirilgan.
Ertaga, 2026/2027-o‘quv yili uchun 1-sinfga qabul uchun ariza topshirish boshlanadi. Bu yil 795 mingdan ortiq bolalarni 1-sinfga qabul qilish rejalashtirilgan bo‘lib, 7 yoshga to‘ladigan bolalar qabul qilinadi.
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, qabul jarayonlari bu yil ham ikki bosqichda amalga oshiriladi. Birinchi bosqichda, ya’ni 20-iyundan 31-iyulgacha arizalar bolalarning biriktirilgan mikrohududi doirasida qabul qilinadi. Ikkinchi bosqichda esa mikrohududdan tashqaridagi qabul maktablarning bo‘sh o‘rinlari va imkoniyatlaridan kelib chiqib amalga oshiriladi.
Qayd etilishicha, 2026–2027-o‘quv yili uchun 1-sinfga qabul jarayonlari respublika bo‘ylab 5 690 ta maktabda onlayn shaklda tashkil etiladi. Bu esa mamlakatdagi barcha maktablarning qariyb 60 foizini tashkil etadi. Toshkent shahri va Buxoro viloyatidagi maktablarda esa qabul jarayonlari to‘liq, ya’ni 100 foiz onlayn shaklda o‘tkaziladi.
“Ta’lim to‘g‘risida”gi qonunga muvofiq, 1-sinfga bolalar 7 yoshga to‘ladigan yilda qabul qilinadi. Shunga ko‘ra, 2026-yilda 1-sinfga boradigan bolalar 2019-yil 31-dekabrga qadar tug‘ilgan bo‘lishi lozim. 6 yoshli bolalar uchun esa majburiy maktabga tayyorlov guruhlari faoliyat yuritadi.
Har bir maktabning mikrohududi tuman (shahar) hokimlarining qarori bilan tasdiqlangan. Ota-onalar my.maktab.uz platformasi orqali yashash manzilini kiritib, farzandi qaysi maktabga biriktirilganini aniqlashi mumkin. Ariza topshirish jarayonida yashash manzili haqidagi ma’lumotlar kadastr va Ichki ishlar vazirligi bazalaridan avtomatik ravishda olinadi, bu esa tegishli mikrohududdagi maktabga arizani xatosiz yuborish imkonini beradi.
Agar fuqaroning uyida kadastr ma’lumotlari bo‘lmasa, 1-avgustdan keyin mikrohududdan tashqari qabul boshlanganida onlayn ariza topshirishlari va farzandini maktabga joylashtirish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
2026-2027-o‘quv yilida 5 600 dan ortiq maktablarga 1-sinfga qabul jarayonlari onlayn tarzda tashkil etiladi. Mazkur maktablar ro‘yxati bu yerda tanishishingiz mumkin.
Ma’lumot uchun, 1-sinfga qabul qilingan bolalar uchun 12 turdagi o‘quv qurollaridan iborat Prezident sovg‘alari 10-avgustga qadar tuman va shahar maktabgacha hamda maktab ta’limi bo‘limlariga yetkazib beriladi.
1-sinfga farzandingiz qaysi maktabga biriktirilganini qanday aniqlash haqida — bu yerda
Qabul bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumotlar – bu yerda
Eslatib o‘tamiz, onlayn va offlayn tarzda tashkil etiladigan qabul jarayonlarini muvofiqlashtirib, haftaning dushanba kunidan juma kuniga qadar soat 09:00 dan 17:00 gacha faoliyat yuritadi.
