Toshkentda oʻquvchini kaltaklagan oʻqituvchiga nisbatan ochilgan jinoyat ishi tugatildi

Toshkentda oʻquvchini kaltaklagan oʻqituvchiga nisbatan ochilgan jinoyat ishi tugatildi

Mirzo Ulug‘bek tumanidagi maktabda o‘qituvchi va 9-sinf o‘quvchisi o‘rtasida yuz bergan mushtlashuv ortidan ochilgan jinoyat ishi tugatildi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠ Ichki ishlar vazirligi holat yuzasidan keyinroq batafsil ma’lumot berilishini ma’lum qildi.

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠

Xabar berganimizdek, bir muddat avval ijtimoiy tarmoqlarda oʻqituvchi oʻquvchilarni kaltaklagani aks etgan videolar tarqaldi va keng muhokamalarga sabab bo’ldi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠

IIBBga koʻra, holat 19-may kuni Mirzo Ulugʻbek tumanidagi 275-maktabda Informatika fani ustozi hamda 9-sinf oʻquvchilari bilan sodir boʻlgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠ Unda 9-sinf oʻquvchisi oʻqituvchining koʻrsatmalarini bajarmay, darsga xalal bergan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠ Shundan soʻng oʻqituvchi va oʻquvchi oʻrtasida mushtlashuv boʻlgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠

Oʻshanda kaltaklangan bola jarohat bilan shifoxonaga murojaat qilgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠ Oʻqituvchiga nisbatan jinoyat ishi ochilgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠

Biroq, bugun, 25-may kuni oʻqituvchiga nisbatan ochilgan mazkur jinoyat ishi tugatilgan. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi Matbuot kotibi Shohruh Gʻiyosovning maʼlum qilgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠

Uning aytishicha, bu haqda tez orada batafsil axborot beriladi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠

Ulashgan videoda esa Ichki ishlar vazirligi uchun birinchi navbatda xavfsizlik ekani va oʻqituvchining ortida barcha ustozlar turgani aytilgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠