Mirzo Ulug‘bek tumanidagi maktabda o‘qituvchi va 9-sinf o‘quvchisi o‘rtasida yuz bergan mushtlashuv ortidan ochilgan jinoyat ishi tugatildi. Ichki ishlar vazirligi holat yuzasidan keyinroq batafsil ma’lumot berilishini ma’lum qildi.
Xabar berganimizdek, bir muddat avval ijtimoiy tarmoqlarda oʻqituvchi oʻquvchilarni kaltaklagani aks etgan videolar tarqaldi va keng muhokamalarga sabab bo’ldi.
IIBBga koʻra, holat 19-may kuni Mirzo Ulugʻbek tumanidagi 275-maktabda Informatika fani ustozi hamda 9-sinf oʻquvchilari bilan sodir boʻlgan. Unda 9-sinf oʻquvchisi oʻqituvchining koʻrsatmalarini bajarmay, darsga xalal bergan. Shundan soʻng oʻqituvchi va oʻquvchi oʻrtasida mushtlashuv boʻlgan.
Oʻshanda kaltaklangan bola jarohat bilan shifoxonaga murojaat qilgan. Oʻqituvchiga nisbatan jinoyat ishi ochilgan.
Biroq, bugun, 25-may kuni oʻqituvchiga nisbatan ochilgan mazkur jinoyat ishi tugatilgan. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi Matbuot kotibi Shohruh Gʻiyosovning maʼlum qilgan.
Uning aytishicha, bu haqda tez orada batafsil axborot beriladi.
Ulashgan videoda esa Ichki ishlar vazirligi uchun birinchi navbatda xavfsizlik ekani va oʻqituvchining ortida barcha ustozlar turgani aytilgan.
