Toshkentdagi maktabda o‘quvchiga tan jarohati yetkazgan o‘qituvchiga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Toshkentdagi maktabda o‘quvchiga tan jarohati yetkazgan o‘qituvchiga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Toshkent shahridagi 275-sonli maktabda o‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasida yuz bergan janjal bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Holat oqibatida o‘quvchi shifoxonaga murojaat qilgan.

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Ijtimoiy tarmoqlarda Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan 275-sonli umumta’lim maktabida o‘qituvchi o‘quvchiga kuch ishlatgani aks etgan videolavha tarqalgan edi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB rasmiy munosabat berdi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Ma’lum qilinishicha, holat 19-may kuni sodir bo‘lgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ 2010-yilda tug‘ilgan o‘quvchi R.R.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ hamda shu maktabning 2002-yilda tug‘ilgan o‘qituvchisi Z.O.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ o‘rtasida tortishuv kelib chiqqan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Aniqlanishicha, o‘quvchi dars jarayonida o‘qituvchi tomonidan berilgan ko‘rsatmani bajarmagan hamda mashg‘ulot o‘tishiga xalaqit bergan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Janjal davomida o‘qituvchi o‘quvchiga tan jarohati yetkazgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Shundan so‘ng jabrlanuvchi tibbiy yordam olish uchun shifoxonaga murojaat qilgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Holat yuzasidan o‘qituvchi Z.O.ga nisbatan Mirzo Ulug‘bek tumani IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 105-moddasi (“Qasddan badanga o‘rtacha og‘ir shikast yetkazish”) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Ayni paytda tergov harakatlari davom etmoqda.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Avvalroq Toshkent shahar maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi ham holat yuzasidan ishchi guruh tuzilganini hamda barcha aybdorlarga qonun doirasida chora ko‘rilishini ma’lum qilgan edi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

‘‘Maktab ichki qoidalariga rioya etmagan hamda mazkur holatga javobgar barcha shaxslarga nisbatan tegishli tartibda qonun doirasida chora ko’riladi’’, — deyiladi boshqarma munosabatida.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Eslatib o‘tamiz, Toshkent viloyati Oʻrta Chirchiq tumanidagi 16-sonli umumtaʼlim maktabi direktori oʻquvchini “samosud” qilgani haqida tarqalgan edi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠