Ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlarga tavsiyanoma berish uchun arizalar qabuli boshlandi. Tavsiyanoma asosida grantga oʻqishga kirgan talabalarning granti butun oʻqish davri davomida saqlanib qoladi hamda ular keyingi yillarda grant taqsimotida qatnashmaydi.
Xabar berganimizdek, ehtiyojmand oilalardagi 4 ming nafar xotin-qizlarga qoʻshimcha qabul koʻrsatkichlari doirasida ajratiladigan tavsiyanomalar berish uchun arizalar qabuli boshlangan va arizalarni Yagona portal (my.gov.uz) orqali 8-iyunga qadar onlayn yuborish mumkin.
Ushbu yuzasidan eng koʻp berilayotgan savollarga javoblar quyidagicha:
Xotin-qizlar tavsiyanomasi bilan grantga kirgan talabalar 4-yil davomida grantda oʻqiydimi yoki kelgusi yilda grant taqsimoti natijasida kontraktga tushib qolishi ham mumkinmi?
Tavsiyanomanatijasidaqoʻshimchagrantoʻrnigatavsiyaetilgantalabaxotin-qizlar 4-yil (yokibutunoʻqishdavrida) davomidagrantdaoʻqishadi. Ularoʻzlashtirishidanqatʼiynazar, granttaqsimotidaqatnashmaydi.
Ijtimoiy reyestrda turgani uchun tavsiyanoma olgan xotin-qizlar oʻqishga kirgandan keyin reyestrdan chiqib ketsa, granti bekor boʻlmaydimi?
Yoʻq, tavsiyanoma olgandan keyin boʻladigan oʻzgarishlar grantga va oʻzi umuman talabaning oʻqishiga taʼsir oʻtkazmaydi. Yaʼni xotin-qizlar tavsiyanoma asosida grantga oʻqishga kirib boʻlgandan keyin Ijtimoiy reyestrdan chiqib ketsa ham, granti saqlanib qolaveradi.
Tavsiyanoma bilan kechki yoki masofaviyga topshirsa ham imtiyoz beriladimi?
Yoʻq, tavsiyanoma faqat kunduzgi yoʻnalishga va faqat birinchi tanlangan yoʻnishga oʻtadi. Shu sababli beshta yoʻnalishdan birini tanlayotganda birinchi yoʻnalishga kunduzgi taʼlimni tanlash kerak. Agar birinchi yoʻnalishga kechki yoki masofaviy tanlansa, unda imtiyozli kvotaga daʼvogarlik qila olishmaydi. Yaʼni tavsiyonama kuyadi.
Avvalroq, “Oʻzbek tilida milliy sertifikat olgan abituriyent rus (yevro) guruhga hujjat topshirishi mumkinmi?” degan savolga javob bergan edik.
