Tavsiyanoma bilan grantga kirgan talaba keyinchalik kontraktga tushib qoladimi?

Tavsiyanoma bilan grantga kirgan talaba keyinchalik kontraktga tushib qoladimi?

Ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlarga tavsiyanoma berish uchun arizalar qabuli boshlandi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠ Tavsiyanoma asosida grantga oʻqishga kirgan talabalarning granti butun oʻqish davri davomida saqlanib qoladi hamda ular keyingi yillarda grant taqsimotida qatnashmaydi.

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

Xabar berganimizdek, ehtiyojmand oilalardagi 4 ming nafar xotin-qizlarga qoʻshimcha qabul koʻrsatkichlari doirasida ajratiladigan tavsiyanomalar berish uchun arizalar qabuli boshlangan va arizalarni Yagona portal (my.gov.uz) orqali 8-iyunga qadar onlayn yuborish mumkin.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

Ushbu yuzasidan eng koʻp berilayotgan savollarga javoblar quyidagicha:⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

Xotin-qizlar tavsiyanomasi bilan grantga kirgan talabalar 4-yil davomida grantda oʻqiydimi yoki kelgusi yilda grant taqsimoti natijasida kontraktga tushib qolishi ham mumkinmi?

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

Tavsiyanomanatijasidaqoʻshimchagrantoʻrnigatavsiyaetilgantalabaxotin-qizlar 4-yil (yokibutunoʻqishdavrida) davomidagrantdaoʻqishadi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠ Ularoʻzlashtirishidanqatʼiynazar, granttaqsimotidaqatnashmaydi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

Ijtimoiy reyestrda turgani uchun tavsiyanoma olgan xotin-qizlar oʻqishga kirgandan keyin reyestrdan chiqib ketsa, granti bekor boʻlmaydimi?

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

Yoʻq, tavsiyanoma olgandan keyin boʻladigan oʻzgarishlar grantga va oʻzi umuman talabaning oʻqishiga taʼsir oʻtkazmaydi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠ Yaʼni xotin-qizlar tavsiyanoma asosida grantga oʻqishga kirib boʻlgandan keyin Ijtimoiy reyestrdan chiqib ketsa ham, granti saqlanib qolaveradi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

Tavsiyanoma bilan kechki yoki masofaviyga topshirsa ham imtiyoz beriladimi?

Yoʻq, tavsiyanoma faqat kunduzgi yoʻnalishga va faqat birinchi tanlangan yoʻnishga oʻtadi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠ Shu sababli beshta yoʻnalishdan birini tanlayotganda birinchi yoʻnalishga kunduzgi taʼlimni tanlash kerak.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠ Agar birinchi yoʻnalishga kechki yoki masofaviy tanlansa, unda imtiyozli kvotaga daʼvogarlik qila olishmaydi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠ Yaʼni tavsiyonama kuyadi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

Avvalroq, “Oʻzbek tilida milliy sertifikat olgan abituriyent rus (yevro) guruhga hujjat topshirishi mumkinmi?” degan savolga javob bergan edik.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠