Buxorolik oʻquvchi Baxtiyorov Javohir oʻzining qatʼiyatliligi va tinimsiz mehnati bilan tegishli barcha fanlardan sertifikat olib, muddatidan oldin talaba boʻldi.
Javohir hozirda Toshkent shahar Uchtepa tumanidagi 14-maktabning 11-sinf oʻquvchisi. U matematika, ingliz tili, ona tili va tarix fanlaridan milliy va sertifikatlarni qoʻlga kiritgan.
Uning soʻzlariga koʻra, matematika va ingliz tilini ancha erta boshlagani uchun ushbu fanlardan sertifikat olish unga qiyinchilik tugʻdirmagan, u uchun eng oson fan esa ona tili boʻlgan
Shuningdek, u tizimli va tartibli dars qilgani, bir kun 10 soatlab dars qilib, boshqa kuni umuman dars qilmay qolmasdan, aksincha har kuni 3-4 soatlab aniq maqsadli dars qilish yoʻlini tanlagan.
Oʻquvchining taʼkidlashicha, u bu natijaga yetishish uchun ancha harakat qilgan. Jumladan, matematikaning oʻzidan 3-urinishda A darajaga yetgan. Avvalroq, B va B+ sertifikatlarni olgan. Bundan tashqari, ingliz tili va tarixdan ikki marta sertifikat imtihoniga kirgan boʻlsa, ona tili fanidan birinchi imtihondayoq kerakli natijani qoʻlga kiritgan.
Baʼzi testlarda muvaffaqiyatsizlikka uchragandan keyin boshqa oʻquvchilarda boʻlgani singari Javohirda ham ortga qaytish, oʻqishni xohlamaslik kabi holatlar boʻlgan, lekin baribir oldiga qoʻygan maqsadiga yetmaguncha toʻxtamaslikka harakat qilgan.
Oʻquvchining keyingi oʻqish va ishlariga omad tilaymiz.
