“Ingliz tilidan B2 darajani zabt etgan 8 yoshli Akbaralini topdim” — vazir Eʼzoza Karimova

“Ingliz tilidan B2 darajani zabt etgan 8 yoshli Akbaralini topdim” — vazir Eʼzoza Karimova

Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri Eʼzoza Karimova 8 yoshida B2 sertifikatni qoʻlga kiritgan oʻquvchi bilan uchrashdi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

30-aprel kuni vazir Eʼzoza Karimova Buxoro viloyatiga tashrif buyurib, shu hududdagi taʼlim maskanlarining sharoitlarini oʻrgandi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

Olot tumaniga boʻlgan tashrifda 2-maktabning 2-sinf oʻquvchisi Asadov Akbarali bilan ham uchrashib, esdalik sovgʻalar bilan taqdirlagan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠ Bu haqda oʻzining telegramdagi sahifasida maʼlum qildi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

«Akbarali menda juda katta taassurot qoldirdi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠ Atigi sakkiz yoshda boʻlishiga qaramay, Akbaralining ingliz tili boʻyicha xalqaro B2 darajadagi sertifikatni qoʻlga kiritgani chinakamiga havas qilarli natijadir.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠ Tuman hokimi Nargiza Ne’matova bilan birga ushbu iqtidorli oʻquvchimizni munosib taqdirladik.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

Ushbu muvaffaqiyat ortida ota-onaning toʻgʻri yoʻnaltirishi va ikki yarim yillik tinimsiz mehnat yotibdi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠ Akbarali nafaqat tilda, balki aniq fanlarda ham ilgʻor boʻlib, mental arifmetika boʻyicha viloyatda birinchi oʻrinni egallagan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠ Uning ingliz tilidan soʻng endigi maqsadini matematikani yanada chuqur oʻrganishga qaratgani barchamizni quvontirdi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠ Akbarali kabi bilimga chanqoq oʻquvchilarimizning yutuqlari shuni koʻrsatadiki, xohish va toʻgʻri muhit boʻlsa, bilim olishda hech qanday chegara yoʻq», — deydi vazir.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

Eslatma oʻrnida shuni aytib oʻtish joizki, 21-aprel kuni Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan OAV ishtirokida oʻtkazilgan matbuot anjumanida vazir Eʼzoza Karimova chet tilidan sertifikat olmagan va bundan norozi boʻlgan pedagoglarni tanqid qilgan edi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

Vazir 2-sinf oʻquvchilari chet tilidan B2 va unda yuqori natijalar qayd etayotgan bir paytda shu fandan dars berayotgan oʻqituvchilarning sertifikat ololmayotganini keskin tanqid qilgan edi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

Shuningdek, bundan keyin sertifikat talabiga qatʼiy turilishi va sertifikat olmagan pedagoglarni ishdan boʻshatish va ishga qabul qilmaslik tartibiga oʻtilishini maʼlum qildi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠