HEMIS 1.9.2 ishga tushdi: talabalar ijtimoiy faollik reytingi va stipendiya to‘lovlarini endi tizimda ko‘ra oladi

HEMIS 1.9.2 ishga tushdi: talabalar ijtimoiy faollik reytingi va stipendiya to‘lovlarini endi tizimda ko‘ra oladi

HEMIS tizimining 1.9.2 versiyasi ishga tushirildi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Yangi yangilanishlar orqali talabalar ijtimoiy faollik reytingini koʻrishi, stipendiya toʻlovlarini kuzatishi va bitiruv jarayonlari ustidan nazoratni kuchaytirishi mumkin boʻldi.

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Yangilangan HEMIS tizimida ijtimoiy faollik, bitiruv jarayonlari va stipendiyalar boʻyicha bir qator muhim yangilanishlar amalga oshirildi:⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

– “Ijtimoiy faollik” sahifasida talabalarning mezonlar boʻyicha toʻplagan yakuniy reytingini koʻrish imkoniyati qoʻshildi;⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

– Talabalar va masʼullar endi tayinlangan hamda haqiqatda toʻlangan stipendiyalar haqidagi maʼlumotlarni tizim orqali kuzatishi mumkin;⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

– Tizimda “Imtiyozli davlat granti” berilgan talabalar roʻyxatini yuritish uchun alohida funksiya va klassifikatorlar ishga tushdi;⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

– Bitiruv ishlarini yakuniy davlat attestatsiyasi (DAK) himoyasiga ruxsat berish farmoyishi moduli ishlab chiqildi;⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

– Talabalar oʻz kabinetlarida endi faqat tasdiqlangan diplom fayllarini koʻra oladilar;⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

– HEMIS va Kadrlar malakasini oshirish instituti tizimi oʻzaro bogʻlandi, fanlar boʻyicha maʼlumot almashinuvi yoʻlga qoʻyildi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Shuningdek, diplom rasmiylashtirishdagi qatʼiy talablar belgilandi:⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

– Faqat barcha fanlardan baholari toʻliq shakllangan talabalargagina akkreditatsiya tasdiqlanadi;⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

– Diplom yaratish uchun talaba albatta “Bitiruvchi” statusida boʻlishi shart;⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

– Diplomni tasdiqlash uchun talaba “Oʻqishni bitirgan” statusiga oʻtkazilgan boʻlishi kerak.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Yangilangan HEMIS tizimida talabalarning ijtimoiy faollik indeksi mezonlari boʻyicha toʻplagan ballari asosida umumiy reytingni koʻrish funksiyasi qoʻshildi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Ushbu imkoniyatdan ham tyutorlar, ham talabalar foydalanishlari mumkin.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Reytingni qanday koʻrish mumkin?

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

– HEMIS tizimidagi “Ijtimoiy faollik arizalari” sahifasiga kiring;⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

– Sahifadagi “Reyting” tugmasini bosing;⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

– Ochilgan sahifada tegishli mezonlarni tanlash orqali talabalarning toʻplagan ballari saralangan (yuqoridan pastga) holda koʻrinadi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Avvalroq, endi dars qoldirgan talabaning sababi hujjatli tasdiqlanganidan keyin tizimdan o‘zgartirilishi haqida xabar bergan edik.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠