Estoniya universiteti xorijiy talabalarga til o‘rgatishda yangicha usulda foydalanmoqda

Estoniya universiteti xorijiy talabalarga til o‘rgatishda yangicha usulda foydalanmoqda

Xorijda o‘qish deyilganida ko‘pchilik yotoqxona yoki ijarada yashashni tasavvur qiladi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Ammo Estoniyada ayrim talabalar begona oilada yashab, til o‘rganadi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Tallinn universiteti talabalarni joylashtirish uchun rus tilida so‘zlashuvchi oilalar bilan hamkorlik qilmoqda.

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Boltiqbo‘yi davlatlari qatoriga kiruvchi Estoniyadagi Tallinn universiteti xorijiy talabalarni yotoqxona yoki ijaraga beriladigan kvartiralarga emas, balki mahalliy oilalar xonadoniga joylashtirish amaliyotidan ko‘p yillardan buyon foydalanib keladi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Mazkur dastur “host family” (mezbon oila) tamoyiliga asoslanadi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Ya’ni, talaba oilaning bir a’zosi sifatida kundalik hayotda ishtirok etadi va shu orqali tilni tabiiy muhitda o‘zlashtiradi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Universitet aynan rus tilida so‘zlashuvchi oilalar bilan hamkorlik qilishga tayyor ekanini bildirgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Dasturdan ko‘zlangan asosiy maqsad — talabalarni sun’iy o‘quv muhitidan chiqarib, ularga real hayot orqali til o‘rganish imkonini yaratishdir.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Oddiy qilib aytganda, talaba nafaqat darsda, balki kundalik suhbatlarda, oila davrasida va oddiy hayotiy vaziyatlarda xorijiy tilni o‘zlashtiradi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Bu esa klassik o‘qitish usullariga nisbatan ancha samarali bo‘ladi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Mutaxassislar fikricha, aynan oilaviy muhitda yashash tilni tez va tabiiy o‘rganishning eng samarali usullaridan biri hisoblanadi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Dastur faqat talabalar uchun emas, mezbon oilalar uchun ham foydali.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Universitet vakillari ta’kidlashicha, bu loyiha orqali xorijiy talabalar yangi muhitga tez moslashibgina qolmay, balki mezbon oilalar ham boshqa madaniyat vakillari bilan bevosita tanishish imkoniga ega bo‘ladi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Ya’ni, ushbu dastur madaniy almashinuv jarayonini ta’minlaydi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Tarixiy jihatdan Estoniya ma’lum vaqt SSSR tarkibida bo‘lgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Mamlakat 1991-yil 20-avgustda mustaqilligini tiklaganiga qaramay, rus tili va madaniyati ayrim hududlarda hanuz saqlanib qolgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Xususan, poytaxt Talinn shahrida ham rus tilida so‘zlashuvchilar foizi katta raqamlarga to‘g‘ri keladi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Avvalroq yaponiyada o‘zbekistonlik talaba deportatsiya qilingani haqida xabar qilgan edik.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠