Farg‘ona viloyati Bog‘dod tumanida 2017-yilda tug‘ilgan 2-sinf o‘quvchisi ingliz tilidan B2 darajadagi sertifikatni qo‘lga kiritdi. Husniddin Turdialiyev tumandagi xususiy maktabda tahsil oladi va ayni paytda 8 yoshda.
Husniddinning onasi Talimxabarlari.uz’ga ma’lum qilishicha, uning bunday natijaga erishishida o‘z xolasi va maktabdagi o‘qituvchisining o‘rni katta bo‘lgan.
O‘quvchi imtihonga 2 oy tayyorlangan. U yoshligidan bu fanga qiziqib, boshqa fanlardan ham a’lo baholar olib kelgan. Shuningdek, u ingliz tilida native speaker darajasida so‘zlasha oladi.
“Oilamiz ziyoli oilalardan biri. Men o‘qituvchiman, otasi esa doktor. O‘g‘limizning natijasidan juda xursandmiz”, — deydi onasi.
Husniddin darslardan tashqari shaxmat bilan ham faol shug‘ullanadi va bu yo‘nalishda ham yangi yutuqlar sari odimlamoqda.
Avvalroq, Namanganda 4-sinf oʻquvchisi ham B2 darajali sertifikatni qoʻlga kiritgan edi.
Shu kabi xabarlar haqida ma’lumot berish uchun @talimxabarlariga_bot orqali bog‘lanishingiz mumkin.

