Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqand viloyati Urgut tumanidagi 2-umumta’lim maktabi direktor o‘rinbosari tomonidan o‘quvchiga nisbatan zo‘ravonlik qilingani haqida xabar tarqaldi.
Holat yuzasidan Samarqand viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi rasmiy munosabat bildirdi.
Ma’lum qilinishicha, holat bugun, 2-aprel kuni 1-smena dars jarayonidan so‘ng, ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari hamda 9-sinf o‘quvchisi o‘rtasida sodir bo‘lgan.
Ayni paytda mazkur voqea huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan o‘rganilmoqda. Boshqarma o‘quvchilarga nisbatan har qanday zo‘ravonlik va qo‘pol munosabatni keskin qoralashini bildirgan.
Shuningdek, holat yuzasidan ishchi guruh tuzilgan bo‘lib, o‘rganish natijalariga ko‘ra qo‘shimcha ma’lumot berilishi ma’lum qilingan.
