Ta’limni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi tomonidan “Moliyaviy savodxonlik bo‘yicha eng yaxshi o‘quv-uslubiy qo‘llanma” respublika tanlovi e’lon qilindi.
Mazkur tanlov tizimdagi iqtidorli va izlanuvchan pedagoglarni aniqlash, ularning ijodiy tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash hamda moliyaviy savodxonlikni rivojlantirishning samarali usullarini keng ommalashtirish maqsadida tashkil etilmoqda.
Tanlovga materiallar elektron shaklda maxsus platforma raqamlitalim.trm.uz orqali 2026-yil 15-avgustga qadar qabul qilinadi.
Unda maktabgacha, umumiy oʻrta va qoʻshimcha taʻlim tashkilotlari xodimlari tomonidan ishlab chiqilgan oʻquv-uslubiy qoʻllanmalar, shuningdek, oliy taʻlim tashkilotlarida faoliyat yurituvchi xodimlar tomonidan tayyorlangan ishlanmalar ishtirok etishi mumkin.
Tanlov yakunlariga ko‘ra, har bir yo‘nalish bo‘yicha 1-, 2- va 3-o‘rinlar aniqlanadi. Bundan tashqari, 5 ta alohida nominatsiya bo‘yicha ham g‘oliblar saralanadi.
G‘oliblar maxsus diplom hamda qimmatbaho esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanadi.
Ro’yxatdan o’tish uchun havola: https://raqamlitalim.trm.uz/financial-literacy
