2026-yil II choragida o‘tkaziladigan nostrifikatsiya test sinovlari sanalari e’lon qilindi

2026-yil II choragida o‘tkaziladigan nostrifikatsiya test sinovlari sanalari e’lon qilindi

2026-yilning II choragida Bilimni baholash agentligi tomonidan o‘tkaziladigan xorijiy davlatlarda taʼlim olganlik haqidagi hujjatlarni tan olish bo‘yicha test sinovlarini o‘tkazish muddatlari e’lon qilindi. Bu haqda Agentlikning Oliy ta’lim to‘g‘risidagi hujjatlarni nostrifikatsiyalash va apostil qo‘yish bo‘limi xabar berdi.

 

Xabaringiz bor, bugun, 19-mart kuni joriy yilning 1-choragidagi nostrifikatsiya sinovlarining yakunlanadi.

 

Test sinovlari 2026-yilning aprel-iyun oylarida quyidagi muddatlarda tashkil etilishi rejalashtirilgan:

 

 APREL:

2026-yil 2-aprel

2026-yil 16-aprel

 

MAY:

2026-yil 7-may

2026-yil 21-may

 

IYUN:

2026-yil 4-iyun

2026-yil 18-iyun

 

Diqqat: test sinovlarida ishtirok etadigan talabgorlar ro‘yxati, test sinovi o‘tkaziladigan hududlar va test sinovlarini boshlanish vaqti haqidagi maʼlumotlar qo‘shimcha ravishda test sinovlari o‘tkazilishi belgilangan muddatdan kamida 3 kun oldin eʼlon qilinadi.

 

Izoh: test sinovlarini o‘tkazish muddatlariga o‘zgartirishlar kiritilgan taqdirda, bu haqda qo‘shimcha maʼlumot beriladi.