2026/2027-oʻquv yili uchun texnikumlarga (umumiy oʻrta taʻlim maktablarining 9-sinf bitiruvchilari negizida) kunduzgi va dual taʻlim shaklidagi qabul parametrlari tasdiqlandi. Bu haqda Kasbiy ta’lim agentligining axborot xizmati xabar berdi.
Unga ko‘ra 516 ta texnikumga 152 ta kasb bo‘yicha jami 184 207 ta qabul kvotasi tasdiqlandi.
— kunduzgi ta’lim shaklida— 130 247 ta;
— dual ta’lim shaklida— 53 960 ta.
Umumiy kvotaning 1300 tasi 14 ta Ilg‘or kasbiy mahorat texnikumlariga o‘quvchilarni davlat granti asosida o‘qishga qabul qilish uchun ajratilgan.
Qabul parametrlarida 9-sinf bitiruvchilari uchun kvotalar to‘liq davlat granti asosida shakllantirilgan.
Yo‘nalishlar bilan ushbu fayllar orqali tanishishingiz mumkin.
Avvalroq, texnikumlarda 2026/2027 o‘quv yilidan boshlab dual ta’limda tahsil olayotgan o‘quvchilarga stipendiya to‘lash amaliyoti yo‘lga qo‘yilishi haqida xabar bergan edik.
