2-fevral kuni namunaviy testlardan eng yaxshi natija qayd etgan ishtirokchilar ro‘yxati

2-fevral kuni namunaviy testlardan eng yaxshi natija qayd etgan ishtirokchilar ro‘yxati

Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazi 2026-yil bahorida o‘tkaziladigan malaka toifa attestatsiyasi doirasida fanlar va yo‘nalishlar bo‘yicha test talablari hamda ularga asoslangan namunaviy topshiriqlarni ochiq muhokamaga taqdim etilgan edi. 

 

Xabar berganimizdek, sinov topshiriqlarini maxsus yaratilgan @uztditestbot orqali bepul bajarish imkoniyati mavjud.

 

Hozirda bot orqali ona tili va adabiyoti, matematika, boshlang‘ich ta’lim, tarix, ingliz tili, rus tili, kimyo, rus tili va adabiyoti, huquq, iqtisod, biologiya, geografiya, CHQBT hamda tasviriy san’at fanlaridan namunaviy testlarini yechishingiz mumkin. Qolgan fanlardan ham savol topshiriqlari navbat bilan qo‘shilmoqda.

 

Bugun, 2-fevral kuni ushbu testlarda eng yuqori natijaga erishgan ishtirokchilar ro‘yxati e’lon qilindi.

 

Ular quyidagicha:

 

1. Sevara (Familiya kiritilmagan) — (viloyat ko‘rsatilmagan),

2. Toshmatov Sirojiddin — Toshkent viloyati,

3. Rasulbek Rustamov — (viloyat ko‘rsatilmagan),

4. Annayev Farhod — Qoraqalpog’iston Respublikasi,

5. Nadirova Gulsara — Navoiy viloyati,

6. Alimova Sevinch — Jizzax viloyati,

7. Ergashev Akbar — Samarqand viloyati,

8. Farxod (Familiya kiritilmagan) — (viloyat ko‘rsatilmagan),

9. Mirshohid Saidvaqqosov — Andijon viloyati.

 

Ma’lumotlar ishtirokchilar tomonidan ro‘yxatdan o‘tish chog‘ida qanday kiritilgan bo‘lsa, aynan shu holatda joylashtirilgan. Shu bois ishtirokchilardan ma’lumotlarni to‘liq va xatosiz kiritish talab etiladi.

 

Hozirda test materiallari bosqichma-bosqich yuklanmoqda va yaqin fursatda Talimxabarlari.uz saytida e’lon qilinadi.

 

Testlarni bajarish tartibi esa ushbu videoda batafsil tushuntirilgan.