Savol: e-maktab.uz platformasidagi obunalarning ishlash tartibi qanday? Men ikki nafar farzandimni ushbu ilovadagi akkauntimga biriktirgan holda bir yil muddatga obuna boʻlgan edim. Hozirda farzandlarimdan biri obunadan oʻchirilgan, bunga sabab nima?
Javob: e-maktab.uz platformasida ikki turdagi obunalar mavjud: eMaktab Web va eMaktab PRO.
eMaktab Web:
-
faqat veb-brauzer orqali ishlaydi;
-
har bir o‘quvchi uchun alohida rasmiylashtiriladi;
-
narxi – yiliga 5 000 so‘m;
-
to‘lov faqat shu kalendar yil uchun amal qiladi.
eMaktab PRO obunasi funksiyalariga veb-brauzer yoki eMaktab.Oila ilovasi orqali kirish mumkin:
-
obuna turi – oilaviy;
-
bitta ota-ona profiliga biriktirilgan barcha bolalarga tatbiq etiladi;
-
narxi — yiliga 60 000 so‘m (oylik yoki yillik to‘lash mumkin).
Agar eMaktab PRO obunasiga ega bo‘lgan ota-onaning farzandlaridan biri ota-ona profilidan ajratib yuborilgan bo‘lsa, yoki “Qarindoshlar” bo‘limida ota-ona profiliga bog‘lanmagan bo‘lsa tizim uni alohida foydalanuvchi sifatida qabul qiladi. Natijada oilaviy obuna u bola uchun avtomatik tarzda to‘xtatiladi.
Obunani qanday tiklash mumkin?
Oilaviy (eMaktab PRO) obunani tiklash uchun maktab rahbariyati yoki sinf rahbariga murojaat qilib, bolaning akkauntini yana ota-ona profiliga qayta biriktirish lozim. Ushbu amaliyotni ikki va undan ortiq farzandlar turli maktablarda oʻqigan taqdirda ham bajarish mumkin.
Bola ota-ona profiliga qayta biriktirilgandan soʻng, bitta eMaktab PRO obunasi yana barcha bolalarda amal qiladi hamda ularning har biri uchun alohida obuna sotib olish zarurati boʻlmaydi.
