Farg‘onada 3-sinf o‘quvchisi ingliz tilidan B2 darajani qo‘lga kiritdi

Farg‘onada 3-sinf o‘quvchisi ingliz tilidan B2 darajani qo‘lga kiritdi

Fargʻonada 9 yoshli oʻquvchi Multilevel imtihonida ingliz tilidan B2 darajadagi sertifikatni qoʻlga kiritdi.

 

Shavkatjon Neʼmatjonov Fargʻona viloyati viloyati, Uchkoʻprik tumanidagi 24-maktabning 3-sinf oʻquvchisi.

 

U chet tilini bilish darajasi aniqlash test sinovi qismlaridan mos ravishda quyidagicha natija koʻrsatgan:

 

Listening (Tinglab tushunish) — 72;

 

Reading (Oʻqish) — 60;

 

Writing (Yozish) — 48;

 

Speaking (Gapirish) — 64.

 

Avvalroq, 12 yoshli oʻquvchi CEFR B2 sertifikatini qoʻlga kiritgan edi.

 

Shuningdek, Samarqandda 4-sinf oʻquvchisi B2 darajali sertifikat sohibiga aylangani haqida xabar bergan edik.