Bir maktabning 12 nafar oʻquvchisi SAT va IELTSʼdan eng yuqori natijalarni qoʻlga kiritdi

Bir maktabning 12 nafar oʻquvchisi SAT va IELTSʼdan eng yuqori natijalarni qoʻlga kiritdi

Samarqand shahridagi bir maktabning 7 nafar 11-sinf oʻquvchisi va 5 nafar 10-sinf oʻquvchilarida SAT imtihonidan 1500 va undan yuqori, shuningdek, IELTSʼdan 7 va undan baland natijalarni qoʻlga kiritdi.

 

Samarqand shahridagi Prezident maktabining 11 nafar yuqori sinf oʻquvchilari xalqaro imtihonlar: SAT va IELTSʼdan eng yuqori natijalarni qoʻlga kiritdi. Bu haqda maktab matbuot xizmati xabar berdi.

 

Xabarga koʻra, maktabning 7 nafar 11-sinf oʻquvchisi SATʼdan 1510-1540 natijani, IELTSʼdan esa 7,5-8 ballni qoʻlga kiritgan boʻlsa, 10-sinflardan 5 nafari SATʼdan 1510-1550 ball natijaga erishgan.

 

10-sinf oʻquvchilari:

 

Javohir Qarshiboyev SAT imtihonidan 1540 ball

Musilma Orolova SAT imtihonidan 1530 ball

Otabek Nasimov SAT imtihonidan 1550 ball

Ulugʻbek Ibodullayev SAT imtihonidan 1540 ball

Sardor Isroilov SAT imtihonidan 1510 ball

 

 

11-sinf oʻquvchilari:

Javohir Baxritdinov SAT imtihonidan 1540, IELTS imtihonidan 7.5 ball

Shaxriddin Abdugʻafforov SAT imtihonidan 1520, IELTS imtihonidan 7.5 ball

Dilnura Mamasoliyeva SAT imtihonidan 1540, IELTS imtihonidan 8.0 ball

Baxtiyor Baratov SAT imtihonidan 1540 ball

Javohir Uktamov SAT imtihonidan 1540, IELTS imtihonidan 7.5 ball

Temur Axrorov SAT imtihonidan 1520, IELTS imtihonidan 7.5 ball

Javohir Hasanov SAT imtihonidan 1510 ball

 

Avvalroq, Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan chet tilidan C1 natijani qo’lga kiritgan respublikadagi eng yosh 11 nafar o’quvchi qizni esdalik sovg’a va diplomlar bilan taqdirlangan edi.