Endi Hemisdagi baholarni o‘zgartirishga yo‘l qo‘yilmaydi

Endi Hemisdagi baholarni o‘zgartirishga yo‘l qo‘yilmaydi

Hemis platformasining reyting qaydnomalari bir marta saqlash orqali yopiladigan tartibga o‘tkazildi va foydalanishga chiqarildi.

 

Endilikda reyting qaydnomasini:

 

– yakuniy nazorat kunidan boshlab reglamentga muvofiq 5 kun ichida;

 

– barcha baholarni to‘liq kiritgan holda bir marta saqlash talab etiladi.

 

Saqlash amalga oshirilgandan so‘ng qaydnoma to‘liq bloklanadi va baholarni o‘zgartirishga yo‘l qo‘yilmaydi.

 

Tizimning keyingi yangi versiyasida adashib noto‘g‘ri kiritilgan baholarni so‘rov orqali, rahbariyat ruxsati bilan tuzatish funksionali joriy etiladi.

 

Mazkur jarayon o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor nazorati ostida amalga oshiriladi.

 

Avvalroq, Hemis tizimiga imtihonlarini topshirishda Face-ID tizimi asosida identifikatsiya qilish imkoniyati qo‘shilgani haqid xabar bergan edik.