Akademik litseylarga kirish uchun tan olinadigan sertifikatlar va minimal talablar ro‘yxati quyidagicha:
Ingliz tili:
– IELTS Academic — 5 ball va undan yuqori;
– TOEFL iBT — 42 ball va undan yuqori;
– Cambridge Assessment English PET — B1 daraja.
Boshqa tillar (Ispan, turk, arab, fors, dari, hind, urdu, xitoy, koreys, uygʻur, italyan, yapon tili) — kamida B1 daraja.
Goethe-Zertifikat, TestDaf, Deutsches Sprachdiplom, DELF, TCF — kamida B1 daraja.
Milliy sertifikatlar: Umumta’lim fani va chet tilini bilish darajasi bo‘yicha milliy sertifikat — kamida B1 daraja.
Agar sizda yo‘nalishingizga mos fanlar (matematika, fizika, kimyo va hk.) yoki chet tili bo‘yicha milliy yoki xalqaro sertifikat bo‘lsa, sizga ushbu fandan imtihonsiz maksimal ball beriladi.
Siz test sinovlarida o‘sha fan bo‘yicha savollarni yechib o‘tirmaysiz, lekin sizga o‘sha fan uchun belgilangan eng yuqori ball (masalan, 1-fan bo‘lsa 62 ball) avtomat tarzda qo‘shib beriladi.
Sertifikat albatta kirish testlari fanlar majmuasiga kiritilgan mos fandan bo‘lishi va belgilangan daraja talabiga javob berishi kerak.
Avvalroq, 2026/2027-oʻquv yili uchun akademik litseylarga qabuldagi fanlar majmuasi, test topshiriqlari soni hamda baholash mezonlarini e’lon qilinganligi haqida xabar bergan edik.
