Yangi yil bayrami munosabati bilan “Uzbekistan Airways” AJ 2025-yil 28-dekabrdan 2026-yil 11-yanvarga qadar qator mahalliy yo‘nalishlarda qo‘shimcha qatnovlarni bajaradi.
Qo‘shimcha parvozlar Toshkentdan Nukus, Buxoro, Urganch, Termiz va Namanganga amalga oshiriladi.
— HY015/016 Toshkent – Nukus – Toshkent
28-31 dekabr va 4, 9, 11- yanvar kunlari;
— HY011/012 Toshkent – Nukus – Toshkent
3, 10-yanvar kunlari;
— HY023/024 Toshkent – Buxoro – Toshkent
28-31- dekabr va 3, 4, 9, 10, 11 yanvar kunlari;
— HY059/060 Toshkent – Urganch – Toshkent
28-31 dekabr va 3, 4, 9, 10, 11 – yanvar kunlari;
— HY092/091 Namangan – Toshkent – Namangan
9-yanvar kuni;
— HY069/070 Toshkent – Termiz – Toshkent
30-dekabr va 10-yanvar kunlari.
Aviachiptalarni booking.uzairways.com saytida yoki mobil ilova orqali xarid qilishingiz mumkin.
Avvalroq, qishki ta’til davrida yo‘lovchilarning temir yo‘l transporti qatnovlariga bo‘lgan talabini qondirish maqsadida 2025-yil 26-dekabrdan 2026-yil 12-yanvarga qadar bir qator yo‘nalishlarda qo‘shimcha poyezd qatnovlari tashkil etiladi va vagonlar soni oshirilishi haqida xabar bergan edik.
