Bir maktabning 5 nafar o‘quvchisi IELTS hamda SAT xalqaro sertifikatlarini qo‘lga kiritdi

Bir maktabning 5 nafar o‘quvchisi IELTS hamda SAT xalqaro sertifikatlarini qo‘lga kiritdi

Buxoro shahridagi 38-umumta’lim maktabining 5 nafar iqtidorli o‘quvchisi bir vaqtning o‘zida ingliz tilini baholovchi xalqaro IELTS hamda akademik salohiyatni aniqlovchi SAT imtihonlaridan muvaffaqiyatli o‘tib, nufuzli sertifikatlarga ega bo‘ldi.

 

O‘quvchilarning xalqaro imtihonlaridan qayd etgan natijalari quyidagicha:

 

— Alisher Islomov — IELTS 7.5 ball, SAT 1450 ball;

 

— Umida Islomova — IELTS 7.0 ball, SAT 1300 ball;

 

— Javohir Nuritdinov — IELTS 7.0 ball, SAT 1170 ball;

 

— Niyozbek Komilov — IELTS 8.5 ball, SAT 1540 ball;

 

— Shahribonu Bahodirova — IELTS 7.5 ball, SAT 1470 ball.

 

Avvalroq, Navoiy viloyati Karmana tumani maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi tasarrufidagi 2-IATIDUMning 11-sinf o‘quvchisi Sevara Abdurashidova xalqaro miqyosda tan olingan ingliz tili bilim darajasini baholovchi IELTS imtihonida 8.0 ballni, shuningdek SAT imtihonidan 1400 ballik natijani qo‘lga kiritganligi haqida xabar bergan edik.

 

Shuningdek, Talimxabarlari.uz sayti jurnalisti IELTS dan 9.0 ball olgan o’zbek qizi Nozima Qadamova bilan suhbat o‘tkazgan edi.