Agentlik tizimidagi Farg‘ona shahridagi Prezident maktabi 11-sinf o‘quvchisi Abdubannonov Abdurashid Abdulhakimovich nufuzli ‘‘City University of Hong Kong’’ (TOP–63) universitetiga to‘liq grant asosida qabul qilindi.
O‘quvchi akademik tayyorgarligi va xalqaro baholash natijalari:
IELTS — 7,5 ball;
SAT — 1510 ball;
AS Level — AAA.
Shuningdek, u quyidagi muhim yutuqlarga ega:
- ELO Xalqaro Ingliz Tili Olimpiadasi — respublika bosqichida 1-o‘rin, Iordaniyada xalqaro finalist;
- IRN Matematika va Ingliz Tili Olimpiadasi — respublika bosqichida 1-o‘rin, Dubayga sayohat sovrindori;
- International English Hippo Olympiad — respublika bosqichida 1-o‘rin, xalqaro yarim-finalist;
- Up Next Scientists Visual Research — Honorable Mention, ilmiy tadqiqot loyihasi rasmiy veb-saytda chop etilgan;
- Shubho Winter Research Internship — Healthcare & Environment yo‘nalishida amaliyot bosqichini muvaffaqiyatli yakunlagan.
Avvalroq, Andijon shahridagi Prezident maktabining 11-sinf o‘quvchisi Muxtorjon Mo’ydinov xalqaro SAT imtihonidan maksimal — 1600 ball natija qayd etgan edi.
