YUNESKOning O‘zbekiston pedagoglari uchun kasbiy rivojlanish dasturiga ariza topshirish mumkin

YUNESKOning O‘zbekiston pedagoglari uchun kasbiy rivojlanish dasturiga ariza topshirish mumkin

Ishonch jamgʻarmasi tomonidan moliyalashtirilgan YUNESKOning Oʻzbekistonda 300 nafar pedagog uchun moʻljallangan oʻquv dasturiga arizalar qabul qilish davom etmoqda.

 

YUNESKO Ishonch jamg’armasi ko’magida hamda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi bilan hamkorlikda Buxoro, Farg’ona va Surxondaryo viloyatlaridan davlat maktablari pedagoglarini kasbiy rivojlanish dasturiga ariza topshirishga taklif etadi.

 

Quyidagi ko‘nikmalaringizni rivojlantiring:

 

• Ilg‘or pedagogik va andragogik kompetensiyalar;

 

• AKT, raqamli vositalar va suʼniy intellekt;

 

• Mentorlik va hamkasblar bilan oʻzaro tajriba almashish.

 

Oʻquv dasturini muvaffaqiyatli yakunlagan ishtirokchilar 12–18 oy davom etadigan YUNESKO mentorlik dasturiga jalb etiladi, va ushbu davr mobaynida moliyaviy ragʻbatlantirish va sertifikatlar bilan taqdirlanadi.

 

ARIZA TOPSHIRISH MUDDATI:

 

• 1-guruh: 2025-yil 1-noyabr – 2025-yil 30-noyabr;

 

• 2-guruh: 2025-yil 1-dekabr – 2025-yil 31-dekabr;

 

• 3-guruh: 2026-yil 1-yanvar – 2026-yil 31-yanvar.

 

Arizangizni ushbu havola orqali topshiring: HAVOLA

 

Savollaringiz bormi? Tez-tez beriladigan savollar (FAQ) havolasidan foydalaning yoki quyidagi manzilga bog‘laning: Ishonch@unesco.org

 

YUNESKOning O‘zbekiston pedagoglari uchun kasbiy rivojlanish dasturiga ariza topshirish mumkin