Universitetdagi otishma sabab ‘‘Green Card’’ dasturi vaqtincha to‘xtatildi

Universitetdagi otishma sabab ‘‘Green Card’’ dasturi vaqtincha to‘xtatildi

AQSH Ichki xavfsizlik vaziri Kristi Noem X ijtimoiy tarmog‘ida Trampning ko‘rsatmasiga binoan AQSh Fuqarolik va immigratsiya xizmatlariga “Green Card” dasturini to‘xtatib turishni buyurganini ma’lum qildi. 

 

Ta’kidlanishicha, bunga Braun universitetida sodir bo’lgan otishma sabab bo’lgan.

 

Ushbu otishmada AQShga Green Card lotereyasi bilan kelgan asli portugaliyalik Klaudio Nevesh gumonlanmoqda.

 

‘‘2017-yilda Diversity Visa (DV1) immigratsion lotereya dasturi orqali AQShga kirgan va unga green card (doimiy yashash huquqi) berilgan. Bunday shaxs mamlakatimizga hech qachon kiritilmasligi kerak edi.

 

Prezident Tramp topshirig‘iga binoan, men AQSh Fuqarolik va immigratsiya xizmati (USCIS) ga DV1 dasturini darhol to‘xtatish bo‘yicha ko‘rsatma bermoqdaman. Bu qaror ushbu dastur oqibatida boshqa amerikaliklarga zarar yetmasligini ta’minlash maqsadida qabul qilindi’’, — deb yozadi vazir.

 

Qachon qayta tiklanishi haqida ma’lumot berilmagan.

 

Universitetdagi otishma sabab ‘‘Green Card’’ dasturi vaqtincha to‘xtatildi