O‘quvchilarni «feyk»lardan kim himoya qiladi? Pedagoglar uchun yangi raqamli resurslar taqdim etildi

O‘quvchilarni «feyk»lardan kim himoya qiladi? Pedagoglar uchun yangi raqamli resurslar taqdim etildi

18-dekabr kuni Toshkent shahrida pedagoglar uchun “Raqamli pedagogika va mediasavodxonlik” mavzusida seminar-trening bo‘lib o‘tdi. Unda o‘qituvchilar uchun ishlab chiqilgan yangi portal va metodik qo‘llanma taqdimoti o‘tkazildi.

 

Tadbir Ta’limni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi tomonidan tashkil etildi. Unda poytaxt maktablarining informatika o‘qituvchilari, metodistlar va soha mutaxassislari ishtirok etdi.

O‘quvchilarni "feyk"lardan kim himoya qiladi? Pedagoglar uchun yangi raqamli resurslar taqdim etildi

Muammo: Raqamli savodxonlik darajasi past

 

Markaz direktori o‘rinbosari Anvarjon Mahmudovning ta’kidlashicha, bugungi kunda o‘quvchilarni axborot bilan ishlashga o‘rgatish xalqaro talabga aylangan.

 

«UNESCO hisobotiga ko‘ra, dunyo aholisining 85 foizi internetdagi yolg‘on axborotdan xavotirda. Biroq kattalar va yoshlarning atigi 40 foizigina raqamli savodxonlikka ega. Bu o‘quvchilarimiz “axborot ummoni”da himoyasiz qolayotganini anglatadi», – dedi A. Mahmudov.

O‘quvchilarni "feyk"lardan kim himoya qiladi? Pedagoglar uchun yangi raqamli resurslar taqdim etildi

Shuningdek, PIRLS-2026 xalqaro tadqiqotlarida o‘quvchilarning nafaqat o‘qish, balki ma’lumotni qidirib topish, ishonchliligini baholash va raqamli matnni tanqidiy tahlil qilish ko‘nikmalari ham sinovdan o‘tkazilishi eslatib o‘tildi.

 

Yechim: Yangi portal va bepul kurs

 

Tadbir davomida “Yagona raqamli taʼlim resurslari va xizmatlari” portali imkoniyatlari namoyish etildi.

 

Boshqarma boshlig‘i Alisher Mamatovning ma’lum qilishicha, ushbu portalga “Mediasavodxonlik” interfaol kursi joylashtirilgan bo‘lib, pedagoglar undan foydalanishlari mumkin.

 

Qo‘shimcha ravishda, markaz tomonidan ishlab chiqilgan “Mediasavodxonlik bo‘yicha uslubiy qo‘llanma” taqdimoti ham o‘tkazildi. Mazkur qo‘llanma o‘qituvchilarga dars jarayoniga media ta’lim elementlarini integratsiya qilishda yordam berishi ko‘zda tutilgan.

O‘quvchilarni "feyk"lardan kim himoya qiladi? Pedagoglar uchun yangi raqamli resurslar taqdim etildi

Seminar davomida ishtirokchilarga o‘quvchilarning bilimini baholashda Mentimeter platformasidan foydalanish tamoyillari ko‘rsatib berildi. Bu vosita orqali mediasavodxonlik ko‘nikmalarini interfaol usulda tekshirish mumkinligi tushuntirildi.