Buxorolik 10-sinf o‘quvchisi IELTS 8 sertifikatini qo‘lga kiritdi

Buxorolik 10-sinf o‘quvchisi IELTS 8 sertifikatini qo‘lga kiritdi

Buxoro tuman ixtisoslashtirilgan maktabining 10-sinf o‘quvchisi Biloliddin Boymurotov xalqaro miqyosda tan olingan ingliz tili bilim darajasini baholovchi IELTS imtihonida 8 ball natijani qo‘lga kiritdi.

 

Ta’kidlash joizki, IELTS imtihonida 8 ball to‘plash xalqaro talablarga mos ravishda ingliz tilida erkin muloqot qilish, murakkab akademik matnlarni tahlil etish va o‘z fikrini ravon ifoda eta olish darajasini anglatadi.

 

Avvalroq, Qashqadaryoda 11 yoshli oʻquvchi qiz chet tilini bilish darajasini aniqlash imtihonidan B2 darajani qoʻlga kiritgani haqida xabar bergan edik.

 

Shuningdek, Andijonda 10-sinf oʻquvchi qiz IELTSʼdan C1 va SATʼdan 1310 ballni qoʻlga kiritganini xabar bergan edik.