Qashqadaryoda 11 yoshli oʻquvchi qiz chet tilini bilish darajasini aniqlash imtihonidan B2 darajani qoʻlga kiritdi.
Murtozova Moxlaroyim Qarshi shahar 13-maktabning 6-“A” sinfida oʻqiydi.
U Multilevel imtihonining toʻrtala qismidan mos ravishda quyidagicha natija koʻrsatgan:
Listening (Tinglab tushunish) — 64;
Reading (Oʻqish) — 58;
Writing (Yozish) — 50;
Speaking (Gapirish) — 50;
Overall (Umumiy ball) — 56.
Avvalroq, Andijonda 2-sinf oʻquvchisi ingliz tilidan B2 darajali sertifikatni qoʻlga kiritganligi haqida xabar bergan edik.
Eslatib oʻtamiz, 2026-yilning 1-yarmida bo‘lib o‘tadigan chet tili imtihonlari sanalari jadvali e’lon qilindi.
