Oliy taʼlim muassasalarida taʼlim olgan toʻrt yil pensiyaga chiqish vaqtida qoʻshiladi. Lekin, ishga kirishda ish staji sifatida qoʻshilmaydi.
“Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti toʻgʻrisida”gi Qonunning 37-modda “e” bandiga asosan, pensiya olish huquqini beradigan ish stajiga quyidagilar qoʻshib hisoblanadi:
— oliy taʼlim tashkilotlarida (shu jumladan, ularda oʻqish harbiy xizmatga tenglashtiriladigan harbiy taʼlim tashkilotlarida),
— aspiranturada (stajyorlar-tadqiqotchilar- izlanuvchilar institutida),
— doktoranturada (katta ilmiy xodimlar — izlanuvchilar institutida) va klinik ordinaturada tayanch doktoranturada va doktoranturada (oliy taʼlimdan keyingi taʼlim institutida) kunduzgi oʻqish, shu jumladan, chet elda oʻqish.
ESLATMA: Ushbu davr fuqarolarda minimal talab etilgan kamida 7-yil umumiy ish staji mavjud boʻlgandagina qoʻshib hisoblanadi.
Yuqoridagilardan kelib chiqib, institutda taʼlim olingan yillar ish stajiga qoʻshib hisoblanadi.
