2025-yil 2-yarim yillikning ingliz, nemis, arab, fransuz, turk, yapon (B2, C1), fors (B2, C1) va hindiy (B2, C1) tillari bo‘yicha chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovlari 13-14-dekabr kunlari o‘tkaziladi.
Ushbu sinovlar uchun ro‘yxatdan o‘tish 29-noyabrgacha, to’lov qilish esa 30-noyabrgacha bo‘lgan edi.
Avvalroq, 15-16-noyabr kunlari ingliz, nemis, arab, turk, ispan (B2, C1), xitoy (B2, C1), urdu (B2, C1), pushtu (C1) tillari bo‘yicha chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovlari bo‘lib o‘tgan edi.
Quyidagi rasmda 2025-yilning 2-yarmida bo‘lib o‘tadigan chet tili imtihonlari bilan tanishib chiqishingiz mumkin:

