Yevropalik boshlang‘ich sinf o‘qituvchi Kelsey kichik sinf o‘quvchilari bilan qishki ta’tildan avval yoki keyin birga qilish mumkin bo‘lgan faoliyatlar bilan bo‘lishdi.
1. Tonggi ish — sinfxonada Yangi yil mashg‘ulotlari
O‘quvchilar ertalab sinfga kirganida Smart doskada tonggi xabarni chiqarib qo‘yishni yaxshi ko‘raman. Xabarni o‘qigan o‘quvchilar shu kunning topshiriqlarini ham ko‘rishadi.
2. “Olmaxonning Yangi yil qarori” — o‘qish
O‘qish darsida men “Squirrel’s New Year’s Resolution” kitobini o‘qib beraman. Bu kitob o‘quvchilarga qaror (resolution) nima ekanligini tushuntirish uchun juda mos. Shuningdek, siz o‘zingizda bo‘lgan yoki qiziqarli bo‘lgan boshqa kitobni tanlashingiz mumkin. U tarbiyaviy ahamiyati bo‘lishi lozim.
Avval hikoyani tinglaymiz, so‘ng slaydlar yordamida mazmunni muhokama qilamiz. O‘quvchilar o‘z fikrlarini juftlikda muhokama qilishlari uchun “turn and talk” usulidan foydalanaman.
3. Yangi yil maqsadlarini belgilash
Ta’tildan oldin (yoki qaytgach), o‘quvchilar bilan yangi yil uchun maqsadlar qo‘yishni yaxshi ko‘raman.
Biz avval maqsad nima va uni nega yozib qo‘yishimiz kerakligi haqida suhbatlashamiz. Men o‘z maqsadlarim yozilgan namuna varag‘ini ko‘rsataman. O‘quvchilar maqsadlar hayotning turli sohalariga tegishli bo‘lishi mumkinligini (maktab, oila, sog‘liq, do‘stlar) kuzatadilar.
Keyin sinf bilan birgalikda umumiy maqsadlar ro‘yxatini tuzamiz.
Shundan so‘ng o‘quvchilar 2 ta banner sahifasini to‘ldiradilar:
1-bet: yangi yil uchun 2 ta maqsad yozish;
2-bet: yozgan maqsadlarini rasmga chizish.
So‘ng ular rang berish va kesishni bajaradilar. Men ikki sahifani birlashtirib, sinfga yoki koridorga osib qo‘yaman — sinfning go‘zal banneri hosil bo‘ladi.
4. Yangi yil uchun Bucket List
Yozuv darsida o‘quvchilar yangi yil uchun “Bucket List” — yil davomida qilishni istagan ishlar ro‘yxatini tuzadilar.
Biz avval birgalikda fikr almashamiz, keyin o‘quvchilar o‘z ro‘yxatlarini yozadilar.
5. So‘z qidirish va kod bo‘yicha ranglash (Word Search & Color by Code)
Kunni yakunlash uchun o‘quvchilar juftlikda ikki faoliyatni bajaradilar:
– yangi yilga oid So‘z qidirish;
– kod bo‘yicha ranglash.
Ular qaysi biridan boshlashni o‘zlari tanlaydilar. Birinchisi tugagandan keyin ikkinchisiga o‘tishadi.
6. Yangi yil tojlari — Crown Activity
O‘quvchilarga Happy New Year yozuvi tushirilgan tojni bo‘yab, kesishlariga ruxsat beraman. Bayram bo‘lganda o‘zlari yasagan tojni kiyishlar mumkin bo‘ladi.



