Xabaringiz bor joriy yil 24-noyabrdan 3-dekabrga qadar respublika bo‘ylab, asosiy fan olimpiadasining hudud bosqichlari bo‘lib o‘tdi.
Olimpiadaning Toshkent viloyati bosqichi Nurafshon shahridagi 1-sonli umumta’lim maktabida o‘tkazildi. Sinovlarda tuman bosqichlarida yuqori natija ko‘rsatgan iqtidorli o‘quvchilar ishtirok etdi.
Jumladan,Olmaliq shahar 5-umumta’lim maktabining 10-“A” sinf o‘quvchisi Saida’zimxon Akromxonov 24-noyabrdan 3-dekabrga qadar davom etgan asosiy fan olimpiadasida ingliz tili fani doirasida sinovlarda ishtirok etdi.
Olmaliqlik o‘quvchi test savollarida 100 foizlik natijani qayd etib, tengdoshlari orasida 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi.
Avvalroq, oltiariqlik o‘quvchi fan olimpiadasining hududiy bosqichida tarix fanidan 100 ballik natijaga erishgani haqida xabar bergan edik.
