Oltiariqlik o‘quvchi fan olimpiadasining hududiy bosqichida tarix fanidan 100 ballik natijaga erishdi

Oltiariqlik o‘quvchi fan olimpiadasining hududiy bosqichida tarix fanidan 100 ballik natijaga erishdi

Xabaringiz bor, 1-dekabrdan boshlab asosiy olimpiadaning hududiy bosqichi  2-guruh fanlari bo‘yicha sinov bahslari  bo‘lib o‘tmoqda.

 

Bugun, 10-sinf o‘quvchilari o‘rtasida Respublika bo‘ylab tarix, geografiya, davlat va huquq asoslari, rus tili va adabiyoti, tojik tili, ona tili va adabiyoti, o‘zbek tili, qozoq tili, qoraqalpoq tili va adabiyoti, ingliz, fransuz va nemis tili fanlaridan olimpiada o‘tkazildi.

 

Fan olimpiadasining Farg‘ona viloyat hududiy bosqichida Oltiariq tumani 3-IDUM o‘quvchisi Foziljonov Jasurbek Erkinjon o‘g‘li Tarix fanidan 100/100 ball to‘plab 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi.

 

Avvalroq, bugungi asosiy olimpiadaning 10-sinf fanlaridan test topshiriqlari e’lon qilingani haqida xabar bergan edik.

Bilimni baholash agentligi

AI bot abituriyentlarga yo'nalish tanlashga yordam beradi

Bilim va malakalarni baholash agentligi ma'lumotlari asosida.

Telegram'da ochish