Toshkent davlat yuridik universitetiga yangi rektor tayinlandi

Toshkent davlat yuridik universitetiga yangi rektor tayinlandi

Xodjayev Baxshillo Kamolovich —Toshkent davlat yuridik universitetiga rektor etib tayinlandi.

 

Baxshillo Xodjayev 1982-yilda Buxoro viloyati, Buxoro shahrida tugʻilgan. Maʼlumoti oliy, huquqshunos, 2-darajali adliya maslahatchisi. 2004-yilda Toshkent davlat yuridik institutini bakalavr bosqichini, 2006-yilda magistratura bosqichini, 2018-yilda Nagoya (Yaponiya) universitetining doktorantura bosqichini tamomlagan.

 

Mehnat faoliyatini 2004-yilda “Mezon xususiy xizmati” advokatlik firmasi advokat yordamchisi lavozimidan boshlagan.

 

– 2005-2006-yillarda Toshkent tuman Qishloq va suv xo‘jaligi bo‘limi yuridik xizmat mutaxassisi;
– 2006-2013-yillarda Toshkent davlat yuridik instituti “Xo‘jalik huquqi va xo‘jalik protsessual huquqi” kafedrasining o‘qituvchisi, katta o‘qituvchisi, dotsent vazifasini bajaruvchisi;
– 2013-2014-yillarda Toshkent davlat yuridik universiteti Biznes huquqi kafedrasi dotsent vazifasini bajaruvchisi;
– 2014-2018-yillarda Yaponiyadagi Nagoya universiteti Qiyosiy huquq yo‘nalishi doktoranti (Doctoral Program in Comparative Law and Political Science);
– 2018-2019-yillarda Adliya vazirligi huzuridagi Huquqiy siyosat tadqiqot institutining bosh maslahatchisi, bo‘limi boshlig‘i, direktor o‘rinbosari;
– 2019-2020-yillarda Adliya vazirligi Yuridik ta’lim va sud-ekspertiza faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasining boshlig‘i o‘rinbosari;
– 2020-2022-yillarda Toshkent davlat yuridik universiteti Biznes huquqi kafedrasining mudiri, Xususiy huquq fakultetining dekani.

 

Tayinlovga qadar (2022-yildan) Toshkent davlat yuridik universitetining ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori lavozim lavozimida faoliyat koʻrsatgan.

 

Ma’lumot o‘rnida, bugungi kungacha oliygohga yuridik fanlar doktori va professor Islambek Rustambekovich Rustambekov rektor vazifasini bajaruvchi sifatida rahbarlik qilib kelayotgan edi.

 

2025-yil 26-noyabr kuni “Oʻzbekiston Respublikasida yuridik taʼlim va ilm-fanni yanada isloh qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF–232-sonli Prezident Farmoni qabul qilindi. Unga ko’ra, Toshkent davlat yuridik universitetida klinik va dual ta’lim tamoyili asosida ta’lim olish tizimi joriy etiladi.

 

Shuningdek, Toshkent davlat yuridik universitetida fakultet dekanlarini saylash amaliyoti ham joriy etiladi.