Bugun 2-yarim yillikning chet tili sertifikatini olish sinoviga ro‘yxatdan o‘tish yakunlanadi

Bugun 2-yarim yillikning chet tili sertifikatini olish sinoviga ro‘yxatdan o‘tish yakunlanadi

2025-yil 2-yarim yillikning ingliz, nemis, arab, fransuz, turk, yapon (B2, C1), fors (B2, C1) va hindiy (B2, C1) tillari bo‘yicha chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovlariga 29-noyabrgacha ro‘yxatdan o‘tish mumkin.

 

Ushbu sinovlar uchun to’lov qilish 30-noyabrgacha, test sinovlari esa 13-14-dekabr kunlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

 

Avvalroq, 15-16-noyabr kunlari ingliz, nemis, arab, turk, ispan (B2, C1), xitoy (B2, C1), urdu (B2, C1), pushtu (C1) tillari bo‘yicha chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovlari bo‘lib o‘tgan edi.

 

Quyidagi rasmda 2025-yilning 2-yarmida bo‘lib o‘tadigan chet tili imtihonlari bilan tanishib chiqishingiz mumkin:

 

Bugundan ingliz, nemis, arab, turk, ispan, xitoy, urdu va pushtu tillaridan chet tili sertifikati imtihoni boshlandi