Asosiy olimpiadaning hududiy bosqichi 3-kun statistikasi: respublika bo‘ylab 3802 nafar o‘quvchi ishtirok etgan

Asosiy olimpiadaning hududiy bosqichi 3-kun statistikasi: respublika bo‘ylab 3802 nafar o‘quvchi ishtirok etgan

Xabaringiz bor, joriy yil 24-noyabr kunidan boshlab 1-guruh fanlari bo‘yicha Asosiy olimpiadaning uchinchi — hududiy bosqichi boshlandi.

 

Fan olimpiadalari markazi tomonidan kecha bo‘lib o‘tgan olimpiadada qatnashgan o‘quvchilarning hududlar kesimidagi 3-kundagi statistikasi e’lon qilindi.

 

Unga ko‘ra, jami hududiy bosqichga o‘tganlar soni esa 3956 nafarni tashkil etgan. Kechagi olimpiadada Respublikamiz bo‘ylab 3802 nafar (96%) o‘quvchi ishtirok etgan.

 

Bugun olimpiadaning 4-kuni bo‘lib, quyidagi sinflar kesimida reja-grafik asosida o‘tkaziladi.

 

– 11-sinf — Fizika — 10:00 – 13:00 — YOZMA ISH,

– 11-sinf — Kimyo — 10:00 – 13:00 — YOZMA ISH,

– 9-sinf — Matematika — 10:00 – 13:00 — YOZMA ISH,

– 9-sinf — Biologiya — 10:00 – 13:00 — YOZMA ISH,

 

Eslatma: Jarayonlar boshlanishidan 1 soat oldin auditoriyaga kirish toʻxtatiladi.

 

Olimpiada jarayonida adolat tamoyillariga zid holatlar kuzatilgan taqdirda, Markazning maxsus @Murojaat_FOM_bot boti yoki ushbu (+998 71 207 05 24) telefon raqamga murojaat qilish mumkin.

 

Avvalroq, 1-kundagi statistikasi e’lon qilingan edi.

 

Asosiy olimpiadaning hududiy bosqichi 3-kun statistikasi: respublika bo‘ylab 3802 nafar o‘quvchi ishtirok etgan