Sinf rahbarlik va daftar tekshirish uchun toʻlovlar oʻqituvchilarga mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdoriga (1 271 000 soʻm) nisbatan foiz hisobida toʻlanadi.
2025-yil 1-avgustdan boshlab sinfdagi oʻquvchilar soniga koʻra sinf rahbarligi uchun:
– 15 nafar oʻquvchigacha – 26,4 foiz (335 544 soʻm);
– 16 nafardan 20 nafar oʻquvchigacha – 31,6 foiz (401 636 soʻm);
– 21 nafardan 25 nafar oʻquvchigacha – 36,9 foiz (468 999 soʻm);
– 26 nafardan 30 nafar oʻquvchigacha – 42,1 foiz (535 091 soʻm);
– 31 nafar va undan koʻp oʻquvchi boʻlganda – 52,8 foiz (671 088 soʻm).
Daftarlarni va yozma ishlarni tekshirganlik uchun (oʻquvchilar ikki guruhga boʻlib oʻqitiladigan fanlar boʻyicha ham) sinfdagi oʻquvchilar soni 15 nafargacha boʻlganda – 8,8 foiz (111 848 soʻm), 15 nafar va undan ortiq boʻlganda – 17,6 foiz (223 696 soʻm).
Informatika kabineti mudirligi uchun – 17,6 foiz (223 696 soʻm).
