Xabaringiz bor, umumta’lim fanlaridan 2025-yilning 2-yarmida bo‘lib o‘tadigan milliy sertifikat imtihonlar oktyabr, noyabr va dekabr oylarida o‘tkaziladi.
Talabgorlar biologiya, fizika va tarix fanlaridan milliy sertifikat imtihoniga 7-noyabrgacha ro‘yxatdan o‘tishgan. To‘lovni 8-noyabrga qadar amalga oshirilgan.
Test sinovlari esa 29-30-noyabr kunlari o‘tkazilishi belgilangan.
Ishtirokchilar o‘z ruxsatnomalarini sinovlar boshlanishidan 3 kun avval my.gov.uz saytining “Mening arizalarim” bo‘limidan olishlari mumkin bo‘ladi. Bu bo‘yicha yana qo‘shimcha xabar beriladi.
Quyida milliy sertifikat imtihonlari qaysi fanlardan o‘tkazilishi, ro‘yxatga olish muddatlari va test sinovi o‘tkaziladigan sanalar rasmda keltirilgan.

