Hindistonda 6-sinf oʻquvchisi darsga kechikkanligi uchun 100 marta oʻtirib-turishga majburlangani oqibatida vafot etdi. Bu haqda NDTV nashri xabar berdi.
Uning oilasi qizining oʻtirib-turishga majbur boʻlgan vaqtda maktab sumkasini koʻtarib turganini va bu uning ogʻrigʻini kuchaytirganini daʼvo qilgan.
Maʼlum boʻlishicha, holat 8-noyabr “Bolalarni himoya qilish” kunida sodir boʻlgan. Maxarashtra shtatidagi 12 yoshli oʻquvchi maktabga atigi oʻn daqiqa kechikib kelgani uchun oʻqituvchisi tomonidan jismoniy jazoga tortilgan.
Vasai shahridagi Shree Hanumant Vidya Mandir oʻrta maktabining 6-sinf oʻquvchisi Kajal Gond 100-marta oʻtirib-turish jazosidan soʻng belining pastki qismida kuchli ogʻriqni his qilgan.
Oʻquvchi qiz uyga qaytganida, uning sogʻligʻi yomonlashgan va Nalasoparadagi kasalxonaga yotqizilgan.
Biroq, uning ahvoli yomonlashgach, u Mumbaydagi JJ Hospital kasalxonasiga oʻtkaziladi va u yerda davolanish paytida vafot etadi.
Kajalning oilasi qattiq jazo uning sogʻligʻining tez yomonlashishiga va oxir-oqibat oʻlimiga sabab boʻlganini daʼvo qilmoqda.
Bu voqea ota-onalar va mahalliy aholining noroziligiga sabab boʻlgan, ular oʻqituvchi va maktabga qarshi qatʼiy choralar koʻrilishini talab qilishmoqda.
Maharashtra Navnirman Sena (MNS) tashkiloti masʼul shaxslarga qarshi jinoiy ish qoʻzgʻatilmaguncha maktab qayta ochilishiga ruxsat berilmasligi haqida ogohlantirdi.
