Xabaringiz bor, pedagog kadrlarni attestatsiyadan o‘tkazish jarayonlari davom etmoqda. Hozirda mazkur sinovlarda umumta’lim maktablarining kimyo va fizika fanlari o‘qituvchilari ishtirok etmoqda.
Sirdaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi xabariga ko’ra, toifa sinovlarida quyidagi o‘qituvchilar yuqori natijalarni qayd etishgan:
– Sirdaryo viloyati Guliston shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati kimyo fani o’qituvchisi Boyzoqova Nilufar Abduhamid qizi bugungi test sinovlarida muvaffaqiyatli ishtirok etib, 96 ball;
– Sirdaryo viloyati Boyovut tuman Ixtisoslashtirilgan maktabining kimyo fani o’qituvchisi Boboyev Shuhrat Mustafo o’g’li bugungi test sinovlarida muvaffaqiyatli ishtirok etib, 94 ball;
– Sirdaryo viloyati Sayxunobod tuman Ixtisoslashtirilgan maktabining kimyo fani o’qituvchisi Sobirov Sherali bugungi test sinovlarida muvaffaqiyatli ishtirok etib, 92 ball;
– Sirdaryo viloyati Mirzaobod tuman Ixtisoslashtirilgan maktabining kimyo fani o’qituvchisi Xolmo’minov Sarvar Baxtiyor o’g’li bugungi test sinovlarida muvaffaqiyatli ishtirok etib, 86 ball to’pladi.
Hamda mazkur ustozlar oliy toifani himoya qilib, 70 foizlik ustamaga ega bo’lgan.
Avvalroq, Sirdaryo viloyati Guliston shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati kimyo fani o’qituvchisi Bozorov Boburbek Ulugʻbek oʻgʻli test sinovlarida 88 ball bilan oliy toifani himoya qilganini xabar berilgandi.
