Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, Oʻzbekistonda 2024/2025 oʻquv yilida oliy taʼlim tashkilotlariga 381,7 ming nafar talaba oʻqishga qabul qilingan.
Bu koʻrsatkich 2020/2021 oʻquv yiliga nisbatan 2,2 barobarga oshgan.
Ularning 196,7 ming nafarini qiz bolalar, 185 ming nafarini oʻgʻil bolalar tashkil etgan.
Oliy taʼlim tashkilotlariga qabul qilingan talabalarning hududlar kesimida taqsimoti quyidagicha:
Qoraqalpogʻiston Respublikasi – 18,6 ming;
Andijon viloyati – 12,5 ming;
Buxoro viloyati – 31,5 ming;
Jizzax viloyati – 6,3 ming;
Qashqadaryo viloyati – 28,8 ming;
Navoiy viloyati – 9,2 ming;
Namangan viloyati – 16,1 ming;
Samarqand viloyati – 21,2 ming;
Surxondaryo viloyati – 16,8 ming;
Sirdaryo viloyati – 5,3 ming;
Toshkent viloyati – 22,7 ming;
Fargʻona viloyati – 20,7 ming;
Xorazm viloyati – 16,8 ming;
Toshkent shahri – 155,2 ming.
Statistikadan ko‘rinib turibdiki, hududlar kesimida eng ko‘p talaba Toshkent shahridagi oliygohlarga qabul qilingan, eng kam qismi esa Sirdaryo hududida bo’lgan.
