Ikki nafar 11-sinf o‘quvchisi IELTS imtihonidan C1 darajadagi sertifikatlarni qo‘lga kiritishdi (video)

Ikki nafar 11-sinf o‘quvchisi IELTS imtihonidan C1 darajadagi sertifikatlarni qo‘lga kiritishdi (video)

Sirdaryo Guliston shahar 11-umumta’lim maktabining 11-sinf o‘quvchilari — Ubaydullaev Sultonbek IELTS xalqaro imtihonidan 7 ball, Axrorjonov Shohrux 7.5 darajadagi xalqaro sertifikatga ega bo‘lishdi.

 

Ikkala o‘quvchi ham oilasi, o‘qituvchilarining hamda o‘z ustida ishlaganlari tufayli IELTS imtihonidan 7 va 7.5 ball qo‘lga kiritganlarini ta’kidlagan.

 

Ayni paytda bitiruvchilar ushbu sertifikat orqali xorijiy universitetlarga kirib tahsil olmoqchi ekanligini bildirishgan.

 

 

Avvalroq, Namanganlik 11-sinf o‘quvchisi IELTS imtihonida 8 ballik natijani qo‘lga kiritgandi.

 

Shuningdek, IELTS dan 9.0 ballni qo’lga kiritgan 17 yoshli Nozima Qadamova haqida xabar bergan edik va u bilan bo’lib o’tgan suhbatni e’tiboringizga havola qilgan edik.