Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi yo‘nalishi bitiruvchilari qanday kasblarni egallashlari mumkin?

Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi yo‘nalishi bitiruvchilari qanday kasblarni egallashlari mumkin?

Faoliyat obyektlari:

 

– umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, professional ta’lim muassasalarida;

 

– Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimidagi idoralarda;

 

– O‘zbekiston Respublikasi Badiiy akademiyasi va tarmoq ilmiy-tadqiqot institutlarida;

 

– ishlab chiqarish korxonalarida;

 

– davlat boshqaruv organlari, o‘rta, o‘rta maxsus kasbiy ta’limning davlat va nodavlat muassasalarida.

 

Bitiruvchilar quyidagi kasbiy faoliyat sohalari bo’yicha ishlashlari mumkin:

 

– umumiy o‘rta ta’lim maktab o‘qituvchisi kasb standartiga muvofiq umumiy o‘rta ta’limda tasviriy san’at va chizmachilik fanlari o‘qituvchisi maqomida pedagogik faoliyat olib borish;

 

– o‘rta maxsus va professional ta’limda tasviriy san’at va chizmachilik fanlari o‘qituvchisi sifatida pedagogik faoliyat olib borish;

 

–  O‘zbekiston Respublikasi Badiiy akademiyasi va tarmoq ilmiy-tadqiqot institutlarida hamda mustaqil tadqiqotchi sifatida ilmiy-pedagogik tadqiqot ishlari bilan shug‘ullanish;

 

– umumiy o‘rta ta’lim maktabi direktori kasb standartiga muvofiq ta’lim muassasasini boshqarish;

 

-umumiy o‘rta ta’lim maktabi, professional ta’lim muassasalari, oliy ta’lim muassasalarida laborant;

 

– kabinet mudiri.