Yangi oʻquv yilidan boshlab umumtaʼlim maktablarida faoliyat yuritayotgan oliy malaka toifasiga ega oʻqituvchilar uchun maqsadli magistraturada joriy etilishi haqida xabar bergan edik.
Ushbu magistratura masofaviy shaklda boʻlib, bunga xalqaro akkreditatsiyalangan tizimda oliy malaka toifasi olgan, yaʼni 2025-yil 1-yanvardan keyin oliy toifa olgan pedagoglar hujjat topshirishi mumkin.
Ushbu maqsadli magistratura uchun qabul amaldagi magistraturaga qabul shartlari asosida tashkil etiladi. Yaʼni, oliy toifali pedagoglar ham xorijiy til sertifikati va diplom balli orqali hujjat topshiradi. Bundan tashqari oliy toifani olganlik haqidagi sertifikat ham talab etiladi.
Ushbu magistratura bosqichida pedagoglar ishdan ajralmagan holda, masofaviy taʼlim (online) shaklida tahsil olishadi. Bu tizim 2026-2027 oʻquv yilidan boshlab Nizomiy nomidagi milliy pedagogika universitetida tashkil etilishi belgilangan.
Shuningdek, maqsadli magistraturani tugatgandan soʻng umumiy oʻrta taʼlim tashkilotida (maktabda) 3-yil davomida ishlab berish talab etiladi.
Eslatma! Ushbu maqsadli magistraturaga kontrakt asosida oʻqishga kirgan xotin-qizlarning kontrakti davlat tomonidan toʻlab berilmay.
