O‘zbekistonning 24 ta oliygohi “THE Sustainability Impact Ratings-2026” reytingida TOP-1000 talik ro‘yxatdan joy oldi

O‘zbekistonning 24 ta oliygohi “THE Sustainability Impact Ratings-2026” reytingida TOP-1000 talik ro‘yxatdan joy oldi

2026-yil 24-iyun kuni Indoneziyaning Jakarta shahrida bo‘lib o‘tgan “Global Sustainable Development Congress–2026” doirasida Times Higher Education (THE) xalqaro reyting agentligi tomonidan “THE Sustainability Impact Ratings–2026” reytingi natijalari e’lon qilindi.

 

Joriy yil 24-iyun kuni e’lon qilingan “THE Sustainability Impact Ratings-2026” reytingida O‘zbekistonning 24 ta oliy ta’lim tashkiloti Top 1000 talik ro‘yxatga kirgani ma’lum bo‘ldi.

 

Mazkur reyting oliy ta’lim muassasalarining BMTning Barqaror rivojlanish maqsadlariga qo‘shayotgan hissasini ta’lim, ilmiy tadqiqotlar, institutsional boshqaruv, ijtimoiy mas’uliyat, ekologik barqarorlik va xalqaro hamkorlik yo‘nalishlari bo‘yicha baholaydi.

 

Joriy yilgi reytingda O‘zbekistonning 50 ta oliy ta’lim muassasasi o‘rin oldi. Shundan 24 ta universitet dunyoning TOP-1000 talik oliy ta’lim muassasalari qatoriga kirgan.

 

Reytingda eng yuqori natijani qayd etgan OTMlar:

 

  • Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti — 101–200-o‘rin;
  • Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti — 101–200-o‘rin;
  • Oʻzbekiston Milliy universiteti – 201-300-oʻrinlar;
  • “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti – 201-300-oʻrinlar;
  • Buxoro davlat universiteti – 301-400-oʻrinlar;
  • Samarqand davlat tibbiyot universiteti – 301-400-oʻrinlar;
  • Termiz iqtisodiyot va servis universiteti – 301-400-oʻrinlar;
  • Farg‘ona davlat texnika universiteti – 401-600-oʻrinlar;
  • O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti – 401-600-oʻrinlar;
  • Toshkent davlat texnika universiteti – 401-600-oʻrinlar;
  • Toshkent davlat yuridik universiteti – 401-600-oʻrinlar;
  • Toshkent axborot texnologiyalari universiteti – 401-600-oʻrinlar;
  • Termiz davlat universiteti – 401-600-oʻrinlar;
  • Toshkentdagi Vestminster xalqaro universiteti – 401-600-oʻrinlar;
  • International School of Finance Technology and Science – 601-800-oʻrinlar;
  • Navoiy davlat universiteti – 601-800-oʻrinlar;
  • Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti – 601-800-oʻrinlar;
  • Samarqand davlat universiteti – 601-800-oʻrinlar;
  • Toshkent davlat tibbiyot universiteti – 601-800-oʻrinlar;
  • Toshkent davlat transport universiteti – 601-800-oʻrinlar;
  • Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti – 601-800-oʻrinlar;
  • Farg‘ona davlat universiteti – 801-1000-oʻrinlar;
  • O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi – 801-1000-oʻrinlar;
  • Toshkent farmatsevtika instituti – 801-1000-oʻrinlar;
  • Alfraganus universiteti – 1001-1500-oʻrinlar;
  • Andijon davlat tibbiyot universiteti – 1001-1500-oʻrinlar;
  • Andijon davlat pedagogika instituti – 1001-1500-oʻrinlar;
  • Buxoro davlat tibbiyot universiteti – 1001-1500-oʻrinlar;
  • Central Asian University – 1001-1500-oʻrinlar;
  • Chirchiq davlat pedagogika universiteti – 1001-1500-oʻrinlar;
  • Jizzax politexnika instituti – 1001-1500-oʻrinlar;
  • Jizzax davlat pedagogika universiteti – 1001-1500-oʻrinlar;
  • Qoraqalpoq davlat universiteti – 1001-1500-oʻrinlar;
  • Qarshi davlat universiteti – 1001-1500-oʻrinlar;
  • Namangan davlat texnika universiteti – 1001-1500-oʻrinlar;
  • Namangan davlat universiteti – 1001-1500-oʻrinlar;
  • Samarqand iqtisodiyot va servis instituti – 1001-1500-oʻrinlar;
  • Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti – 1001-1500-oʻrinlar;
  • Samarqand davlat chet tillari instituti – 1001-1500-oʻrinlar;
  • Toshkent kimyo texnologiyalar instituti – 1001-1500-oʻrinlar;
  • Tashkent Institute of Management and Economics – 1001-1500-oʻrinlar;
  • Toshkent davlat agrar universiteti – 1001-1500-oʻrinlar;
  • Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti – 1001-1500-oʻrinlar;
  • Termiz davlat pedagogika instituti – 1001-1500-oʻrinlar;
  • Urganch davlat universiteti – 1001-1500-oʻrinlar;
  • Andijon davlat texnika instituti – 1500+oʻrin;
  • Asia International University – 1500+oʻrin;
  • Buxoro davlat pedagogika universiteti – 1500+oʻrin;
  • Qarshi davlat texnika universiteti – 1500+oʻrin;
  • O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti – 1500+oʻrin.

 

Shuningdek, O‘zbekiston oliygohlari alohida Barqaror rivojlanish maqsadlari bo‘yicha ham yuqori natijalarni qayd etgan. Jumladan:

 

  • Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti – Gender tengligi yo‘nalishida dunyoda 8-o‘rin;
  • Toshkent davlat texnika universiteti – Arzon va toza energiya yo‘nalishida 5-o‘rin;
  • Farg‘ona politexnika instituti – Arzon va toza energiya yo‘nalishida 6-o‘rin;
  • O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti – Gender tengligi yo‘nalishida 20-o‘rin;
  • Termiz davlat universiteti – Arzon va toza energiya yo‘nalishida 36-o‘rin;
  • Toshkent axborot texnologiyalari universiteti – Arzon va toza energiya yo‘nalishida 48-o‘rin;
  • Toshkent davlat tibbiyot universiteti – Sog‘liq va farovonlik yo‘nalishida 81-o‘rin;
  • Samarqand davlat tibbiyot universiteti – Sog‘liq va farovonlik yo‘nalishida 82-o‘rin.

 

Ma’lumot uchun, THE Impact Rankings reytingida O‘zbekiston OTMlari soni yildan yilga ortib bormoqda. Xususan, 2021-yilda reytingdan 12 ta, 2022-yilda 30 ta, 2023-yilda 47 ta, 2024-yilda 53 ta, 2025-yilda 59 ta, 2026-yilda esa 50 ta oliy ta’lim muassasasi o‘rin olgan.