Pedagog kadrlarni attestatsiyadan oʻtkazish jarayonlarini shaffof qilish maqsadida Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan sinovlarni toʻgʻridan-toʻgʻri efir orqali kuzatib borish imkoniyati yaratildi.
Bugun, 1-noyabr kuni mazkur sinovlarda umumtaʼlim maktablarining tasviriy sanʼat va chizmachilik, texnologiya (servis xizmati yoʻnalishi — qiz bolalar uchun), texnologiya (texnologiya va dizayn yoʻnalishi — oʻgʻil bolalar uchun), chaqiruvga qadar boshlangʻich tayyorgarlik fanlari oʻqituvchilari ishtirok etadilar.
Jarayonlarni quyidagi havola orqali toʻgʻridan-toʻgʻri kuzatib borishingiz mumkin:
