Navoiy viloyati, Navoiy shahridagi 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati tarix fani o‘qituvchisi Sardor Haydarov attestatsiya jarayonlarida 92 ball to‘plab, oliy toifaga sazovor bo‘ldi.
Ushbu yutuq bilan pedagog 70 foizlik ustamaga da’vogarlik huquqini ham qo‘lga kiritdi. Bu haqda viloyat maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi xabar berdi.
Avvalroq, Chirchiqda tarix fani oʻqituvchisi attestatsiyada 90 ball bilan oliy malaka toifasini himoya qilgandi.
